Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda chiqindi mashinasi ayol va chaqaloqni bosib ketdi

Buxoroda chiqindi mashinasi ayol va chaqaloqni bosib ketdi

Foto: Region 64.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda «Buxoro shahrining 6-kichik nohiyasida bir ayol va uning bolasini mashina bosib ketishi oqibatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa yuzasidan rasmiy munosabat kutib qolamiz» sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. 

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hodisa yuzasidan bayonot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, haqiqatdan ham 12-aprel kuni Sh.N. ismli shaxs o‘z boshqaruvidagi «Aholi Trans» MChJ ga qarashli «Shacman» rusumli chiqindi tashish avtomashinasini, Buxoro shahar «Istiqlol» mahallasi bo‘ylab boshqarib borayotganda qoidaga zid ravishda harakatlangan. Natijada axlatxona yonidan o‘tib ketayotgan Yu.N. va bolalar aravachasida bo‘lgan, 2020 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan S.A. ni avtomashina o‘ng tomon g‘ildiragi bilan bosib ketgan.

Natijada Yu.N. va voyaga yetmagan S.A. «og‘ir» tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat yuzasidan fuqaro Sh.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan holda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring