Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda «muallaq turuvchi alloma» paydo bo‘ldi

Buxoroda «muallaq turuvchi alloma» paydo bo‘ldi

Muallaq turuvchi alloma

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Avvalroq Buxoroda muallaq turuvchi darvesh haqida xabar berilgan edi. Ushbu xabar keng jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otgan va keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Bugun esa Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rasmiy saytida Buxoroda «muallaq turuvchi alloma» aks etgan yana ikki attraksion paydo bo‘lgani haqidagi xabar e’lon qilindi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Qo‘lida kitob tutgan alloma aks etgan ushbu attraksionlar ko‘pchilikning diqqatiga sazovor bo‘lgan.

Qayd etilishicha, mazkur attraksionlar sayyohlarning e’tiborini o‘ziga jalb etish hamda sayohatdan yaxshi taassurot qoldirish maqsadida joriy etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring