Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyuk Britaniyada birdaniga oltita vazir iste’fo berdi

Buyuk Britaniyada birdaniga oltita vazir iste’fo berdi

Olti britaniyalik vazir zudlik bilan iste’foga chiqdi va bosh vazir Boris Jonsondan ham o‘z lavozimini tark etishni so‘radi, deb yozadi The Guardian.

Jumladan, uy-joy kommunal xo‘jaligi, jamoalar vaziri Maykl Gove ketishini e’lon qildi, u Jonsonni ketishga chaqirgan. 

Britaniya moliya xizmatlari kotibi Jon Glen ham hukumat Brexitdan keyin moliya sektorini «qayta ishga tushirish» bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etishidan bir necha kun oldin iste’foga chiqdi, deb xabar bermoqda Reuters. 

Shuningdek, maktablar bo‘yicha mas’ul Robin Uoker, Bolalar va oilalar bo‘yicha vazir Uill Kvins, Bosh prokuror Viktoriya Atkins va Agroinnovatsiyalar va iqlim o‘zgarishiga moslashish vaziri Jo Cherchill iste’foga chiqdi. Bundan tashqari, Reychel Maklin «qadriyatlar, tamoyillar va halollik birinchi o‘rinda turishini» aytib, Qo‘riqlash vaziri lavozimini tark etmoqda.

Avvalroq moliya va sog‘liqni saqlash vazirlari Rishi Sunak va Sajid Javid iste’foga chiqqan edi. Ulardan keyin Buyuk Britaniyaning Marokash bo‘yicha savdo vakili Endryu Morrison, Buyuk Britaniya Konservativ partiyasi raisining yoshlar bo‘yicha o‘rinbosari Bim Afolami va parlamentning yana uch nafar xususiy kotiblari ketish arizasini yozgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring