Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sukerberg: Rossiyaning «trollar fabrikasi» O‘zbekiston fuqarolarini ham boshqarishga uringan

Sukerberg: Rossiyaning «trollar fabrikasi» O‘zbekiston fuqarolarini ham boshqarishga uringan

Foto: «news.zborg.ru»

«Facebook» ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg o‘z kompaniyasi Rossiyaning «trollar fabrikasi» sifatida mashhur bo‘lgan «Internet tadqiqotlar agentligi» (Internet Research Agency) kompaniyasiga tegishli bo‘lgan 270 dan ortiq sahifa va akkauntlarni aniqlab, bloklab qo‘yganini ma’lum qildi, deb xabar beradi «NV.ua».

«Rossiya agentligi bir necha bor AQSh, Yevropa va Rossiyadagi odamlarni aldash va ularni boshqarishga uringan va biz ular dunyoning qaysi nuqtasida bo‘lmasin «Facebook»ka kirmasligini istaymiz», — deydi Sukerberk.

Uning ta’kidlashicha, bloklab qo‘yilgan akkaunt va sahifalar Rossiyada yashaydigan odamlarga, shuningdek, Ozarbayjon, O‘zbekiston va Ukraina kabi qo‘shni mamlakatlardagi rus tilida so‘zlashuvchilarga ham qaratilgan bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilning fevralida AQSh hukumati Rossiyaning 13 fuqarosiga va uchta tashkilotiga 2016-yilgi saylovoldi kampaniyaning borishiga aralashishga urinish bo‘yicha rasmiy ayblov ilgari surdi. AQShga qarshi til biriktirishda ayblanayotganlar orasida «Internet tadqiqotlar agentligi»ning 12 nafar xodimi bor.

Eslatib o‘tamiz, «Cambridge Analytica» kompaniyasi «Facebook»ning 50 milliondan ortiq foydalanuvchiga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni tadqiq etganligi yuzasidan katta mojaro kelib chiqqan va bu ijtimoiy tarmoq obro‘siga jiddiy putur yetkazgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring