Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘istonda fermer xo‘jaligidagi yong‘inda qorovul halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda fermer xo‘jaligidagi yong‘inda qorovul halok bo‘ldi

Foto:«Oxo.uz»

 Joriy yilning 11-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonliko‘l tumanida joylashgan «Aziz zamin» fermer xo‘jaligi dala maydonidagi vagonchada yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in o‘chirish vaqtida yuqoridagi fermer xo‘jaligi qorovuli O.O.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV, Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, hozirda yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida vagonchaning 22 kv.m maydonida ichki qismi, jihozlari yonib zarar ko‘rgan.   

IIVning aniqlik kiritishicha, baxtsiz hodisa elektr isitish pechini yoqib nazoratsiz qoldirishi oqibatida kelib chiqqan. 

O‘tgan yilning dekabr oyida  Ellikqal’a tumanida uy yonishi natijasida 4 kishi halok bo‘lgandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring