Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Darknet»ga 15 mln o‘zbekistonlikning ma’lumotlari sizdirilgani aytilmoqda. Dastlabki tushuntirish berildi

«Darknet»ga 15 mln o‘zbekistonlikning ma’lumotlari sizdirilgani aytilmoqda. Dastlabki tushuntirish berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda hukumat tizimlariga qarashli veb-sahifalardan 15 million nafar O‘zbekiston fuqarosining shaxsiy ma’lumotlari o‘g‘irlangani va «Dark Web»ga joylashtirilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur fayllarda fuqarolarning pasport ma’lumotlari, telefon va elektron pochtalari, suratlar hamda ish o‘rinlari keltiriladi.

Kiberxavfsizlik markazi axborot xizmatining mazkur holat yuzasidan bergan dastlabki tushuntirishiga ko‘ra, hozirda mazkur holat bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda va holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

Markaz, o‘z navbatida, fuqarolardan shaxsiy ma’lumotlarini boshqa shaxslarga oshkor etmaslikni, davlat va boshqa elektron axborot tizimlariga kirishda murakkab login va parollardan foydalanishni so‘ramoqda. Shuningdek, shubhali havolalar orqali o‘z ma’lumotlarini kiritishdan saqlanishlarini tavsiya qilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring