Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat test markazi imtihonlarning test savollarini e’lon qildi

Davlat test markazi imtihonlarning test savollarini e’lon qildi

Foto: «Sputnik»

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovlarida abituriyentlarning bilimlari umumta’lim fanlaridan, ya’ni ona tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, tarix, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili fanlaridan bilimlari sinalib, ularning tanlovdagi reyting ballari aniqlanadi.

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovlari uchun test topshiriqlari umumta’lim fanlarning mazmuni tarkibi va abituriyentlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar asosida har bir fan bo‘yicha alohida test topshiriqlari tafsilotlariga muvofiq tuziladi.

Endi o‘qituvchilar, abituriyentlar va ota-onalar 2018-yilda oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovlarini o‘tkazish uchun har bir umumta’lim fani bo‘yicha uning mazmuni tarkibi va abituriyentlar tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan talablar kodifikatori, test topshiriqlarining tafsilotlari hamda mazkur tafsilotlar asosida ishlab chiqilgan test topshiriqlari namunalari bilan tanishishlari mumkin.

Talablar kodifikatori umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari hamda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun tavsiya etilgan darsliklar asosida tayyorlangan, deyiladi DTM axborot xizmati xabarida.

Talablar kodifikatori va test topshiriqlarining tafsilotlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishilgan holda ushbu ta’lim tizimidagi malakali mutaxassislar muhokamasidan o‘tkazilgan. Ushbu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Ilmiy-metodik kengashi qarori bilan tasdiqlangan.

Taqdim etilayotgan test topshiriqlarining namunaviy variantlari tasdiqlangan talablar kodifikatori va test topshiriqlari tafsilotlari asosida tayyorlangan bo‘lib, abituriyentlarga, ularning ustozlari va keng jamoatchilikka umumta’lim fanlari bo‘yicha bo‘lg‘usi imtihonning shakli, mazmuni, murakkablik darajasini namoyish qilish uchun mo‘ljallangan. Ushbu variantlar boshqa metodik nashrlar bilan bir qatorda o‘quvchilarga qabul test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun yordam berishga qaratilgan.

Kirish imtihonlarining test topshiriqlari namunasi mazkur havolada keltirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring