Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosarini qo‘lga oldi

DXX Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosarini qo‘lga oldi

Foto:«Xabar.uz»

DXX Namangan viloyati boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi. 

Unda viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasida yuqori lavozimda ishlovchi shaxs Chortoq tumanida istiqomat qiluvchi xususiy tadbirkorga bog‘dorchilik bilan shug‘ullanishi uchun Yangiqo‘rg‘on tumani hududidan 10 gektar yer maydoni ajratilishi bo‘yicha tuman xokimining qarorini chiqartirib berishni va’da qilib, o‘zi faoliyat yurituvchi boshqarmaning ma’muriy binosi yonida 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, u ushbu pullarni Yangiqo‘rg‘on tumani xokimi o‘rinbosariga berishi kerakligi ma’lum bo‘lib, tezkor tadbir davom ettirildi va mazkur mansabdor shaxs ham Namangan shahrida 10 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi.

Tuman xokimligi huzuridagi yer uchastkalarini berish masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya a’zosi sifatidagi vakolatlaridan foydalanishni rejalashtirgan ushbu yuqori lavozimli shaxs boshqa MChJga qarashli yer maydonidan 10 gektarini ajratib berishni maqsad qilgan.

Shuningdek, DXX Toshkent shahar boshqarmasi hamda shahar prokuraturasi va departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tuman davlat soliq inspeksiyasi katta inspektori mahalliy MChJ ta’sischisidan 3,5 ming AQSh dollari miqdorida pora olgan vaqtida ushlandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring