Erdo‘g‘on Isroilni terror siyosatida aybladi
Kecha, 1-aprel kuni Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on Isroilni terror siyosatini yuritayotgan davlat deya ayblab chiqdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Ma’lumki, 30-martdan boshlab G‘azo sektorida Isroilga qarshi «Buyuk qaytarish marshi» boshlandi va dastlabki kunning o‘zidayoq 17 nafar falastinlik halok bo‘ldi. Isroilliklar minglab namoyishchilarga qarshi o‘qotar qurollardan foydalanmoqda.
Turkiya tashqi ishlar vazirligi Isroildan tezda tinch namoyishchilarga qarshi kuch ishlatishni bas qilishni talab qilgan. Ammo Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Turkiyaning ayblovlarini rad etdi va «unga ma’naviyatdan ma’ruza o‘qish shart emasligini, Turkiya armiyasining o‘zi yillar davomida oddiy fuqarolarni o‘qqa tutib kelgani»ni ta’kidladi.
«Netanyaxu juda bema’ni bayonot bilan chiqdi. Turkiya terrorizmga qarshi qat’iyat bilan kurashayotgan bir paytda Isroil terror siyosatini yuritmoqda», — degan Erdo‘g‘on.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter