Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on va Putin:«AQSh xato qildi»

Erdo‘g‘on va Putin:«AQSh xato qildi»

Foto:«Daily Sabah»

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Muloqotda AQShning Eron bilan yadroviy bitimdan bosh tortishi masalasi muhokama qilindi.

AQShning bu xatti-harakati xato ekanini aytgan ikkala rahbar, aslida bu bitim muhofaza qilinishi kerak bo‘lgan diplomatik muvaffaqiyat ekanini e’tirof etdi.

Muloqot asnosida so‘nggi kunlarda Suriyada kuzatilayotgan voqealar ham e’tibordan chetda qolmagan.

Erdo‘g‘on Putinni shu yil 7-mayda to‘rtinchi marta prezidentlikka kirishgani munosabati bilan tabrikladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring