Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yerga ijara huquqi to‘lovini bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi

Yerga ijara huquqi to‘lovini bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi

Foto: Oliy Majlis Senati

Yerga ijara huquqi to‘lovini bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi. 

Senatning navbatdagi 15-yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida» gi Qonun ko‘rib chiqildi

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda aholining uy-joyga bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qurilgan ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Shu bilan birga, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etish ishlarini yana-da jadallashtirish, vakolatli tashkilotlarning mas’uliyatini oshirish, huquqni e’tirof etish bilan bog‘liq ayrim mexanizmlarni soddalashtirish, fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish zarurati yuzaga kelmoqda. 

Mazkur Qonun bilan «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida» gi hamda «Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida»gi qonunlarga huquqlarni e’tirof etish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirishga hamda huquqlarni e’tirof etish ishlari bilan bog‘liq shikoyatlarni ko‘rib chiqish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. 

So‘zga chiqqanlar ta’kidlaganidek, fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida soliq qarzdorligi tushunchasi aniqlashtirilib, yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun bir martalik to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibi va shartlari joriy etilmoqda. 

Senatorlarning fikricha, ushbu Qonun bilan kiritilayotgan normalar jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini e’tirof etishga to‘sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etishga xizmat qiladi. 

Muhokama yakunida senatorlar Qonunni ma’qulladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring