Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Faqat G‘azoda emas: Isroilning Suriyaga hujumi dahshatli yakunlandi

Faqat G‘azoda emas: Isroilning Suriyaga hujumi dahshatli yakunlandi

Suriyada Isroil mudofaa kuchlari tomonidan berilgan zarbalar oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi The National

Xususan, Damashq yaqinida Isroilning dron hujumi oqibatida olti nafar suriyalik harbiy halok bo‘lgan. Shuningdek, Golan tepaliklari yaqinidagi bufer zonada joylashgan Taranya qishlog‘idagi uyga berilgan zarbada bir kishi halok bo‘lgani xabar qilingan. 

Isroil bu ma’lumotga izoh bermadi. 

Isroil Mudofaa vaziri Israel Kats 26 avgust kuni qo‘shinlar Xermon tog‘ining Suriya tomonida, shuningdek, Golan tepaliklari va shimoliy Isroilni himoya qilish uchun mintaqada tashkil etilgan xavfsizlik zonalarida harbiy mavjudligini saqlab turishi kerakligini aytgandi. 

Bu Isroil va Suriya xavfsizlik kelishuvi ustida ishlayotgani haqidagi xabarlar ortidan ma’lum bo‘ldi, deb ta’kidladi The Times of Israel.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring