FIFA prezidenti Ukrainaning «qora ro‘yxat»iga kiritildi
FIFA prezidenti Janni Infantino «Mirotvorets» bazasiga kiritildi. «Ukraina milliy xavfsizligiga tahdid solganlar» ushbu «qora ro‘yxat»dan joy oladi.
Infantino 2-fevral-kungi bayonotida Rossiyaga qo‘yilgan cheklov kerakli natija bermaganini aytib, bu mamlakat klublarini xalqaro o‘yinlarga qaytarish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qilgandi. Biroq keyinroq The Times xabar berishicha, Yevropa mamlakatlari jiddiy qarshilik ko‘rsatishidan xavotirlangan FIFA kengashi masalani ko‘tarmaslikka qaror qilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter