Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FIFA reytingi yangilandi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

FIFA reytingi yangilandi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2022-yil 31-mart kuni mamlakatlar milliy terma jamoalarining reytingini yangiladi.

«Pentakampeonlar» — Braziliya terma jamoasi (1832.69) futbolchilari yangilangan reyting peshqadamiga aylanishdi. Belgiya (1827.00) — ikkinchi, Fransiya (1789.85) — uchinchi o‘rinda.

Argentina (1765.13) va Angliya (1761.71) kuchli beshlikka kirdi.

O‘zbekiston terma jamoasi 83-o‘rinda, reytingdagi qo‘shnilarimiz — Gabon, Gonduras (tepada), Benin va Gruziya (pastda). Mamlakatimiz futbolchilari Osiyoda Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Iroq, O‘mon va Xitoy futbolchilaridan keyingi 11-o‘rinni egallashdi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasining reytingi yaxshiroq: Osiyoda — 10, jahonda — 48-o‘rinda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring