Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyada terakt. Aslida nima bo‘lgan edi?

Fransiyada terakt. Aslida nima bo‘lgan edi?

Foto: «Le Monde»

Fransiyaning Od departamentida joylashgan supermarketda noma’lum shaxs mijozlarni garovga olib, otishma sodir etgani haqida xabar bergan edik.

Fransiya Ichki ishlar vaziri Jerard Kollomb jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan intervyu chog‘ida Fransiyaning Od prefekturasi Treb kommunasida sodir bo‘lgan terakt ijrochisining hukumat kuchlari tomonidan o‘ldirilganini ma’lum qildi. Bu haqda «Le Monde» nashri xabar bermoqda.

Uning xabar berishicha, voqea natijasida 3 kishi, shundan ikki kishi supermarketda o‘ldirilgan. 2 kishi jiddiy jarohatlangan, jumladan, bir politsiya xodimi ham. Shuningdek yana bir nafar politsiyachi o‘zini garovga olingan bir ayol o‘rniga almashishni so‘ragan.

Biroz oldinroq IShID terrorchilik guruhi ushbu harakatni o‘z zimmasiga olgani ma’lum qilingan edi.

Ichki ishlar vaziri hodisaning xronologik tartibini ham jurnalistlarga ma’lum qildi. Uning fikricha, terrorchi dastlab bir avtomobilni o‘g‘irlagan. Avtomobilda haydovchi va bir nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ulardan biri vafot etgan bo‘lsa, yana biri jarohatlangan.

Keyin esa Respublika xavfsizlik idorasi xodimlariga hujum qilgan. Ulardan biri jiddiy jarohatlangan. So‘ng, Trebdagi Super U deb nomlangan supermarketlar tarmog‘iga bostirib kirib, u yerdagilarni garovga olgan hamda ikki kishini otib o‘ldirgan.

Voqea joyiga zudlik bilan politsiya xodimlari yetib kelgan va garovdagilarni ozod qilish choralarini ko‘rgan.

Garovga olgan shaxsning ism-familiyasi ma’lum qilingan. U 26 yoshli karakasonlik Reduan Lakdim ismli shaxs bo‘lib, politsiya xodimlariga bir nechta mayda jinoyatlari tufayli tanish bo‘lgan. Shuningdek, vazir uning narkodiler bo‘lganini ham qayd etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring