Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fuqaro manfaati yo‘lida qariyb 1,5 milliard so‘m undirib berildi

Fuqaro manfaati yo‘lida qariyb 1,5 milliard so‘m undirib berildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2026-yil 14-martdagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor «N.T.C.» MChJdan undiruvchi A.Z. foydasiga 483 million 440 ming so‘m qarz undirish haqidagi ijro hujjati 2026-yil 17-mart kuni bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan shu kunning o‘zida «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunining 23-moddasiga muvofiq ijro ishi qo‘zg‘atilib, davlat ijrochisi tomonidan kechiktirib bo‘lmaydigan ijro harakatlari boshlangan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor korxonaning nomidagi mol-mulk va pul mablag‘larini aniqlash maqsadida «MIB portal» dasturi orqali elektron onlayn so‘rovlar yuborilib, tegishli tashkilotlardan olingan ma’lumotlarga asosan qarzdorga tegishli hisob raqamlari va moliyaviy aktivlar aniqlandi hamda ularga qonun tartibida band solindi.

Shuningdek, «MIB portal» dasturi orqali qarzdor MChJga xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomasi yuborildi.

Olib borilgan qat’iy va samarali ijro choralari natijasida fuqaro foydasiga qariyb yarim milliard so‘m pul mablag‘i to‘liq undirib berildi.

Shu tariqa, ijro hujjati talablari amalda ta’minlanib, ijro ishi Qonunning 41-moddasiga muvofiq tamomlandi.

Haqiqat shuki, fuqaroning qonuniy haqi va manfaati davlat himoyasida. Qarzdorlik qancha miqdorda bo‘lishidan qat’i nazar, qonuniy choralar orqali uning ijrosi ta’minlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring