Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G20 mamlakatlaridagi erkaklar va ayollarning maoshlari solishtirildi

G20 mamlakatlaridagi erkaklar va ayollarning maoshlari solishtirildi

Foto: Liga.net

2024-yilda «Katta yigirmatalik» (G20) mamlakatlarida erkaklar va ayollarning ish haqlaridagi eng sezilarli farq Janubiy Koreya, Hindiston va Rossiyada qayd etildi. Bu haqda RIA Novosti statistika xizmatlarining rasmiy ma’lumotlari va ochiq manbalarga asoslanib xabar berdi.

Janubiy Koreyada ayollar erkaklarga nisbatan 32,5 foiz kam maosh olishgan. Hindistonda bu farq 30,41 foizni, Rossiyada 30,36 foizni tashkil etgan. Rosstatning 2023-yilgi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyada ayollar o‘rtacha 61 113 rubl (9 mln so‘m atrofida), erkaklar 87 757 rubl (12,9 mln so‘m), ya’ni deyarli 26 ming rubl ko‘proq maosh olishmoqda.

Shuningdek, G20ga kiruvchi quyidagi mamlakatlarda ham maoshlardagi tafovut katta: Saudiya Arabistoni (28,2 foiz), Turkiya (27,1 foiz), Buyuk Britaniya (26,8 foiz), Argentina (26,33 foiz), Yaponiya (26,27 foiz), Italiya (24,8 foiz), Fransiya (23,7 foiz), Meksika (21,6 foiz).

Braziliyada erkaklar ayollarga nisbatan 18,1 foiz, AQShda — 17,3 foiz, Indoneziyada — 16,6 foiz, Germaniyada — 15,6 foiz yuqoriroq maosh olishadi.

Mehnatga haq to‘lashdagi eng kichik tafovut Avstraliya (10,7 foiz), Kanada (12,6 foiz) va Xitoyda (13 foiz) qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring