Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Germaniya Federal prezidenti O‘zbekistonga keldi

Germaniya Federal prezidenti O‘zbekistonga keldi

Foto: Prezidentning matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 27-may kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi. 

Foto: Prezidentning matbuot xizmati

Tashrif doirasidagi asosiy tadbirlar 28-may kuni «Ko‘ksaroy» qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Tor va keng doiradagi muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni, shuningdek, O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi formati doirasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokamasi kutilmoqda.

Shuningdek, Germaniya Federal prezidenti ishbilarmon doiralar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashishi va boshqa tadbirlarda qatnashishi rejalashtirilgan.

Frank-Valter Shtaynmayer 29-may kuni Xorazm viloyatida bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring