Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Google Chrome»da sifatsiz reklamalarni bloklash funksiyasi 15-fevraldan ishga tushadi

«Google Chrome»da sifatsiz reklamalarni bloklash funksiyasi 15-fevraldan ishga tushadi

To‘satdan chiqib qoladigan oyna, to‘liq ekranli reklama, ovozli videoreklama bloklanadi.

Foto: «ITC.ua»

«Google» kompaniyasi «Chrome» brauzeriga reklamalarni blok qilish funksiyasini qo‘shishi haqida avvalroq ma’lum bo‘lgandi. Yozda ushbu funksiya androidlar uchun «Chrome Canary» brauzerida test tartibida sinab ko‘rildi.

Nihoyat, «Chrome» sifatsiz reklamalarni bloklay boshlashining aniq sanasini ma’lum qildi — bu 2018-yilning 15-fevralidan boshlab amalga oshiriladi, deb xabar berdi «ITC.ua».

Eslatib o‘tamiz, «Google Chrome»da reklamalarni bloklash funksiyasi «Eng yaxshi reklama uchun» (Coalition for Better Ads) koalitsiyasi sabab paydo bo‘ldi, uning tarkibiga «Google» ham kiradi. Bu turdagi reklamalar qatoriga to‘satdan chiqib qoladigan oyna, to‘liq ekranli reklama, ovozli videoreklama, shuningdek, uning yopilishi uchun teskari sanashni amalga oshiruvchi reklamalar kiradi. Ta’kidlash joizki, koalitsiya kompyuter va mobil qurilma ishlatadigan foydalanuvchilar uchun alohida ro‘yxat chiqardi.

«Google Ad Experience Report» funksiyasini yaratdi, bu uning egalarini qoidalar buzilayotgani haqida ogohlantiradi. «Google»ning yangi sifat standartlariga javob bermaydigan reklamalar ogohlantirish qabul qilinganidan boshlab 30 kun ichida bloklanadi. Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, reklama egalarida xatoni tuzatish imkoni bo‘ladi. Ular «nomaqbul» reklamani olib tashlab, qaytadan tekshiruv uchun ariza topshirishi kerak.

«Google» shu orqali nashrlarga internetdagi sifatsiz reklamalardan xalos bo‘lishga yordam berish niyatida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring