Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda dunyodagi eng katta miya o‘simtasi operatsiya qilindi

Hindistonda dunyodagi eng katta miya o‘simtasi operatsiya qilindi

Foto: AFR

Hindistonning Mumbay shahrida shifokorlar 1,8 kilogrammlik miya o‘simtasini operatsiya yo‘li bilan olib tashlashga muvaffaq bo‘ldilar. Bu massa dunyo meditsinasida rekord sanaladi. Bu haqida «The Hindu» ma’lumotiga tayanib «RIA Novosti» xabar qilmoqda.

Jarrohlik amaliyoti olti soat davom etgan. Neyroxirurg Trimurti Nadkarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu miya shishi dunyodagi eng yirigi bo‘lib, deyarli bemorning boshi o‘lchamiga tenglashib qolgan edi.

31 yoshli Santala Palning ushbu kasalligi uch yil avval boshlangan, shu vaqtgacha biror shifokor uni operatsiya qilishga yuragi dov bermagan. Xastalik oqibatida Pal ko‘r bo‘lib qolgan. Ammo endi uning ko‘rish qobiliyati tiklanishi mumkin. Hozir uning hayotiga hech narsa xavf solayotgani yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring