Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIB tergovchisi o‘g‘irlikda ayblangan ayolni tahqirladi

IIB tergovchisi o‘g‘irlikda ayblangan ayolni tahqirladi

Foto: «Xabar.uz»

Samarqandlik tergovchi o‘g‘rilikda shubhalangan ayolni yechintirgani va haqoratlagani aks etgan video tarqaldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvirda o‘zi ko‘rinmaëtgan erkak kishi kamera qaratilgan aëlni qattiq haqorat bilan kiyimlarini yechib, qip-yalang‘och bo‘lishga majburlaydi. Kadr ortida yana bir aëlning ayni do‘q-po‘pisa ostida yechinishga majburlanaëtgani ovozi eshitiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu voqea 3-iyun kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar Ichki ishlar bo‘limining binosida bo‘lgan. Haqorat va tahdid ostida aëlni yechinishga majburlagan shaxs IIB jinoyat-qidiruv bo‘limi tergovchisi San’at Umarov bo‘ladi.

Samarqand huquq tizimi vakili bu aëllarning Kattaqo‘rg‘on bozorida sodir bo‘lgan o‘g‘irlik munosabati bilan ushlanganlardan ekanini bildirdi.

Umarov ayolni qattiq haqorat qilib, «Hozir onangni s...n seni. Anavuni ko‘rayapsanmi, yech sen ham»,  – deydi. Kadr orqasidagi ayol yig‘lab turib, «iltimos, unday qilmang», – deb yolvoradi¸ ammo haqorat va tahqir davom etadi.

Videodagi ayol «Akajon, men qilmaganman», – deb yolvoradi. Ammo buyruq beraëtgan shaxs endi aëlga qip-yalang‘och holda ko‘chaga chiqishni aytib o‘shqiradi.

Ayolning yechintirilgani videosini saytga qo‘yish lozim topilmadi.

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring