Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Interpolga kim rahbar bo‘ladi?

Interpolga kim rahbar bo‘ladi?

Foto: «Grantist»

Interpolga 2019-yili yangi rahbar saylanadi. Nufuzli «Financial Times» nashri yozishicha, Interpolga rahbarlikka ikki nafar nomzod qo‘yilgan: biri — ayni paytda tashkilotda prezident vazifasini vaqtincha bajarib turgan janubiy koreyalik Kim Chen Yang, ikkinchisi — tashkilotning hozirgi vitse-prezidenti, rossiyalik Aleksandr Prokopchuk. 

Interpolning avvalgi rahbari Men Xunvey 2018-yilning 7-noyabr kuni iste’fo bergandi. Bungacha u tashkilotning Liondagi shtab-kvartirasidan chiqib, vatani Xitoyga ketgan va bedarak yo‘qolgandi. Keyinchalik u korrupsiyada ayblanib, Xitoy hukumati tomonidan qo‘lga olingani haqida xabarlar chiqdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring