Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Soxta dollarlarga «Iphone 12 Pro Max» sotib olgan fuqaro qo‘lga tushdi

Soxta dollarlarga «Iphone 12 Pro Max» sotib olgan fuqaro qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan tekshiruv o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, fuqaro Q.K. qalbaki valyuta kupyuralarni muomalaga kiritib, o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida «OLX» internet savdo do‘koni orqali fuqaro R.ning «Iphone 12 Pro Max» rusumli uyali aloqa vositasini xarid qilishga kelishib, uchrashgan vaqtida unga uyali aloqa vositasi uchun qalbaki 1 150 AQSh dollari berib ketganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Narpay tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro O.U. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro U.ning 2 dona «Samsung A 21S» rusumli uyali aloqa vositasini har birini 2 mln so‘mdan xarid qilishga kelishib, savdolashilgan 4 mln so‘m o‘rniga qalbaki 400 AQSh dollarini berganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring