Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IShID yo «Al-Qoida» emas: AQSh uchun eng katta terroristik xavf ma’lum qilindi

IShID yo «Al-Qoida» emas: AQSh uchun eng katta terroristik xavf ma’lum  qilindi

AQSh prezidenti Jo Bayden Tulsa shahriga tashrifi vaqtida oq tanlilarni oliy irq deya hisoblaydiganlarni mamlakat uchun eng katta terror tahdidi deb atadi. Bu haqda ABC News xabar qilmoqda.

«Biz bunday fikrlovchilar uchun boshpana berolmaymiz va bermasligimiz kerak. Bugun Amerika uchun oq tanli natsistlar eng katta terror xataridir, IShID yo «Al-Qoida» emas», - deydi u.

Bayden mamlakat tarixida yuz yil ichida Tulsadagi tarixiy Grinvud tumaniga tashrif buyurgan amaldagi birinchi Amerika prezidenti bo‘ldi. 1921-yilda bu yerda Qo‘shma Shtatlar tarixidagi eng yirik irqiy g‘alayonlar sodir bo‘lgan edi.

Ilgari, Jo Bayden oq tanli millatchilarni «ruhiy kasal va xavfli odamlar» deb atagan edi. Unga ko‘ra, yangi ma’muriyat sobiq harbiy va politsiya xodimlarining ushbu harakatning ommalashishiga ta’sirini o‘rganadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring