Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kattaqo‘rg‘onda yechintirilgan ayol yana o‘g‘rilik bilan qo‘lga tushdimi?

Kattaqo‘rg‘onda yechintirilgan ayol yana o‘g‘rilik bilan qo‘lga tushdimi?

Foto: «Xabar.uz»

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida ichki ishlar organi xodimi tomonidan yechinishga majbur qilingan ayol o‘g‘li bilan birga o‘g‘rilik qilayotganda qo‘lga tushdi, deb xabar berdi «Daryo».

«Ayni paytda ushbu ayolning jinoyat ishi Oqdaryo tuman IIB tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘irlik Kattaqo‘rg‘onda bo‘lgan. U yerdagi IIB bilan bo‘lgan holat sabab tergov ishi Oqdaryo tuman IIB tomonidan olib borilmoqda. Ayolning jinoyat ishiga uning o‘g‘li qay darajada aloqadorligi hozircha noma’lum», deyiladi nashr tarqatgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyul oyida samarqandlik tergovchi o‘g‘rilikda shubhalangan ayolni yechintirgani va haqoratlagani aks etgan video tarqalgandi. Bu ishni Kattaqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi tergovchisi San’at Umarov amalga oshirgani ma’lum bo‘lgandi.

Ichki ishlar vazirligi videolavha yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, mazkur ma’lumot bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazgan va nafaqat San’at Umarov, balki Kattaqo‘rg‘on shahar IIB boshlig‘i va yana bir qator mas’ul lavozimdagi xodimlarni ishdan bo‘shatgan edi.

Voqea mamlakat bo‘ylab katta aks-sado bergan, sha’ni toptalgan ayolning ko‘nglini so‘ragani O‘zbekiston xotin-qizlar qumitasi raisi Tanzila Norboyeva Kattaqo‘rg‘onga borgandi.

Hatto, Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi xotin-qizlar qo‘mitasining taklifini inobatga olinib, ayolga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida «Har bir oila – tadbirkor» dasturi asosida maktab o‘quv qurollari va kanselyariya mahsulotlari bilan savdo qilish uchun kichik savdo do‘koni tashkil qilib beriladigan bo‘lgandi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring