Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Keri-Hiroyuki Tagava 75 yoshida vafot etdi

Keri-Hiroyuki Tagava 75 yoshida vafot etdi

Taniqli aktyor Keri-Hiroyuki Tagava 75 yoshida vafot etdi. Ma’lumot berilishicha, insultni boshdan o‘tkazgan aktyor oila a’zolari qurshovida olamdan o‘tgan.

Keri-Xiroyuki Tagava 1950-yil 27-sentyabrda Tokioda tug‘ilgan. 1955-yilda oilasi AQShga ko‘chib o‘tgan va u bu mamlakatda ta’lim olib, keyinchalik kino olamiga kirib keldi.

Asosan jangari filmlardagi salbiy qahramonlari bilan yodda qolgan. Xususan, «Mortal Kombat» (1995)dagi Shan Szun obrazi kino muxislariga juda yaxshi tanish. Shuningdek, «So‘nggi imperator» (1987), «Egizaklar» (1988), «Pyorl-Harbor» (2001), «Maymunlar sayyorasi» (2001) va boshqa ko‘plab filmlarda suratga tushgan.

Uning kam sonli ijobiy qahramonlaridan biri «Detektiv Nesh Birijes» serialidagi leytenant Ey Jey Shimamura obrazi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring