Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In Trampning iltimosini bajardi

Kim Chen In Trampning iltimosini bajardi

Foto:«Euronews»

Shimoliy Koreya yetakchsi Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Trampning iltimosiga ko‘ra KXDRda qamoqda saqlanayotgan uch nafar amerikalik mahbusni ozod etgan. Bu haqda «Ryonxap» agentligi xabar bermoqda.

Koreya markaziy telegraf agentligining xabariga ko‘ra,  Kim Chen In «AQSh prezidentining qamoqdagi amerikaliklarni ozod etish bo‘yicha rasmiy taklifini qabul qilgan».

KXDRda AQShning uch nafar fuqarosi hibsda saqlanar edi. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Shimoliy Koreya yetakchisi bilan uchrashgach, ular ozod etilgan, mahbuslar Pompeo bilan Amerikaga qaytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring