Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahridagi Inha universitetida kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi

Toshkent shahridagi Inha universitetida kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi

Foto: Inha

2019-yilning 27-28-aprel kunlari Toshkent shahridagi Inha universiteti kirish imtihonlarini topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan barcha abituriyentlarga o‘z eshiklarini ochadi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ochiq va shaffof imtihonlar jarayonini o‘tkazish va nazorat qilish maqsadida Janubiy Koreyadagi Inha universitetining professor-o‘qituvchilar tarkibi Toshkent shahridagi Inha universitetiga yetib kelgan.

Ma’lum qilinishicha, xohishi bo‘lgan barcha jurnalistlar Toshkent shahridagi Inha universitetiga bo‘lib o‘tadigan kirish imtihonlarida shaxsan ishtirok etishlari hamda 2019-2020-o‘quv yili bo‘yicha ma’lumot olishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring