Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

KNAUF ART festivali: Ijodiy labirint va ko‘ngilochar hududlar

KNAUF ART festivali: Ijodiy labirint va ko‘ngilochar hududlar

KNAUF ART festivali — bu O‘zbekiston qurilish sohasi ishchilari kuni sharafiga uyushtirilgan yorqin va ijodiy tadbirdir. 2019-yil 11-avgust kuni Toshkentdagi Sayilgoh ko‘chasi poytaxt ahli ijod, o‘zini o‘zi ifoda etish va bayramona faollik makoniga aylanadi.

KNAUF ART festivaliga tashrif buyurganlarni boy va rang-barang dasturlar kutmoqda. Quruvchilar kunini nishonlashning eng qiziqarli elementi — ijodiy to‘siqlari bilan bezatilgan labirint bo‘ladi. Labirint ichra «yo‘qolib qolishni» istaganlar boshqa mehmonlar bilan o‘zaro kuch sinashlari mumkin: boshqalardan tezroq yo‘l topa olgan qatnashchilar KNAUF kompaniyasining esdalik sovg‘alariga ega bo‘ladilar.

An’anaviy ko‘ngilochar tadbir sahnadagi san’at ko‘rinishlariga qaratiladi. KNAUF kompaniyasi o‘z qo‘llari bilan gips va gipskartondan ishlangan buyumlarni yaratishlari uchun ijodiy mahorat darslarini sevuvchilarni taklif qiladi. Aholi uchun jonli va yorqin foto hududlar barpo etiladi.

«Ko‘k Choy» guruhining musiqiy to‘plamlari, Zlotnikov Dance Centerning interfaol raqslari, tanlovlar, illyuzionist Dmitriy Polyakovning chiqishlari va «Hasan va Xusan» yumoristik triosi tun bo‘yi sahnada chiqishlar qiladilar. Tadbir kechqurun DJ Petishkadan musiqiy treklar bilan yakunlanadi.

KNAUF ART festivali

Sanasi: 2019-yil 11-avgust

Vaqti: 17:00-23:00

Kirish bepul, o‘zingiz bilan a’lo kayfiyat olib kelsangiz bas!

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali KNAUF ART festivalining axborot hamkori hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring