Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kobulda prezident saroyi yaqiniga raketalar quladi

Kobulda prezident saroyi yaqiniga raketalar quladi

Qurbon hayiti namozi paytida Kobul markazidagi prezident saroyi yaqiniga bir nechta raketalar qulab tushdi, deb xabar berdi Afg‘onistonning Tolo News telekanali.

«Raketalar Qurbon hayiti namozi paytida Kobul markazidagi prezident saroyi yaqiniga quladi», – deyiladi OAV xabarida.

Keyinchalik Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani bayram sharafiga o‘qilgan namozdan keyin marosimda nutq so‘zlagan.

1TV kanalining xabar berishicha, saroy yonida uchta portlash eshitilgan.

Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring