Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kunduzi chirog‘ini yoqmagan haydovchilarni jarimaga tortish amaliyoti boshlandi

Kunduzi chirog‘ini yoqmagan haydovchilarni jarimaga tortish amaliyoti boshlandi

Foto:«Xabar.uz»

10-maydan boshlab barcha turdagi transport vositalari uchun kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi yoki kunduzgi chiroqlarni yoqib harakatlanish bo‘yicha jarimaga tortish boshlandi. Bu haqda «Uz24» nashri xabar berdi. 

Birinchi bor qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yganlik uchun – EKIHning 1/2 qismi. Takror sodir etish sanksiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi – o‘ta «ashaddiy» qoidabuzarlarga EKIHning 4 baravari miqdorida jarima solinadi yoki haydovchilik guvohnomasidan yarim yilga mahrum etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida qabul qilingan Hukumat qaroriga muvofiq kunduz kuni transport vositalari chiroqlarni yoqib harakatlanishi shartligi belgilangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring