Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Liviya qirg‘oqlari yaqinidagi falokatda 53 muhojir halok bo‘ldi

Liviya qirg‘oqlari yaqinidagi falokatda 53 muhojir halok bo‘ldi

Liviya qirg‘oqlari yaqinida 55 nafar muhojirni olib ketayotgan rezina qayiq ag‘darilib ketdi. Natijada 53 kishi, jumladan, ikkita go‘dak halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi

Report nashri xabariga ko‘ra, bu haqda Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMT) ma’lum qilgan. 

Kema 6-fevral kuni Liviyaning Zuvara shahri shimolida ag‘darilib ketdi. Liviya rasmiylari tomonidan o‘tkazilgan qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davomida ikki nigeriyalik ayol qutqarildi. 

XMT ma’lumotlariga ko‘ra, faqat yanvar oyida O‘rta yer dengizining markaziy qismida ekstremal ob-havo sharoitida ko‘plab kema halokatlari natijasida kamida 375 muhojir halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring