Mahalladagi «yettilik» ish vaqtining yarmini majlislarda o‘tkazyapti – Prezident

Davlat rahbari «yettilik» ish vaqtining yarmini turli majlis va tadbirlarda o‘tkazayotganini ko‘rsatib o‘tdi.
Yoki «yettilik» xodimlarining aniq vazifalari va KPI belgilangani bilan mahalladagi umumiy natijadorlikni baholaydigan tizim yo‘q.
Hozirda «yettilik» a’zolarining 1 ming 700 nafari mahalla hududidan 20-30 kilometr uzoqdan qatnaydi. Oqibatda o‘tgan yili 68 nafar «yettilik» vakillari biriktirilgan mahallasiga bir necha oy kelmagan.
Mutasaddilarga «yettilik» faoliyatini kompleks baholaydigan tizimni ishga tushirish topshirildi.
Tuman hokimlari yil yakuniga ko‘ra, yaxshi ishlagan 10 ta «yettilik»ning barchasini mukofotlash, ularga qo‘shimcha ustamalar berishni yo‘lga qo‘yadi.
«Shunda «yettilik» hamjihat va yagona jamoa bo‘lib ishlaydi», – dedi Prezident.
Bundan buyon «yettilik» xodimlari bilan har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida yig‘ilish o‘tkazish taqiqlanishi belgilandi.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter