Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marhum prokurorning otasi sudga kiritgan da’vo arizasi yuzasidan rasmiy bayonot berildi

Marhum prokurorning otasi sudga kiritgan da’vo arizasi yuzasidan rasmiy bayonot berildi

Foto: «Xabar.uz»

Shu yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 33 yoshli xodimi Samir Rahmonov vafot etgani ma’lum qilingandi.

Marhumning otasi o‘g‘li xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda ish joyida vafot etganligi, to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandlari boquvchisiz qolsa-da, uning oilasiga qonunga asosan kafolatlangan nafaqa pullari to‘lab berilmayotgani sabab Bosh prokuraturani sudga bergani ham ayon bo‘lgandi.

Dastlabki da’vo arizasi FIB Mirobod tumanlararo sudi tomonidan qanoatlantirishdan rad etilganidan so‘ng, marhumning otasi qonun ijrosi ta’minlanishi umidida qaror ustidan Toshkent shahar sudiga apellyasiya shikoyati kiritgan.

Voqea jamoatchilikka ma’lum bo‘lgach, holat yuzasidan rasmiy bayonot berildi.

Qayd etilishicha, da’vogar A.Raxmanov Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudiga javobgar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga nisbatan farzandi vafoti munosabati bilan ish joyidan nafaqa puli undirish haqidagi da’vo arizasi hamda ma’naviy zararni undirish to‘g‘risidagi qo‘shimcha da’vosi bilan 2021 yilning 3 avgust kuni murojaat etgan.

Fuqarolik ishi sud majlisida ko‘rib chiqilishi 2021 yil 24 avgust kuniga tayinlangan. Shu kungi sud majlisida taraflar va ularning vakillari ishtirok etib, o‘z vajlarini keltirib, da’vogar tomonidan ma’naviy zarar undirish to‘g‘risida qo‘shimcha da’vo talabi kelib tushgan. Mazkur qo‘shimcha da’vo yuzasidan fuqarolik ishi doirasida Bosh prokuratura tomonidan hujjatlar taqdim etilishi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamda mehnat huquq inspektorini uchinchi shaxs sifatida jalb etilishi sababli sud majlisi 2021 yil 6 sentyabr kuniga qoldirilgan.

Shu kungi sud majlisida mutaxassis sifatida jalb etilgan BTPJ Yashnobod tuman bo‘limi vakili va mehnat huquq inspektori kelmaganligi bois sud majlisi 2021 yil 17 sentyabrga qoldirilgan.

Sudning 2021 yil 17 sentyabrdagi hal qiluv qarori bilan da’vogar A.Raxmanovning da’vosi va qo‘shimcha da’vo arizasi rad qilingan.

Da’vogar A.Raxmanov mazkur hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib, sudga apellyasiya shikoyati kiritgan. Ushbu shikoyat Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rib chiqiladi, deyiladi rasmiy bayonotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring