Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mashinaning ort g‘ildiragi»: har ming kishiga 40 ta mashina mingan o‘zbeklar (infografika)  

«Mashinaning ort g‘ildiragi»: har ming kishiga 40 ta mashina mingan o‘zbeklar (infografika)  

Infografika: «Avtostat»

«Avtostat» sobiq ittifoq respublikalarida har ming kishiga nechtadan avtomobil to‘g‘ri kelganini ko‘rsatuvchi infografikani taqdim etdi. Ma’lumotga ko‘ra, 1991-yilda, ya’ni ittifoq parchalanib ketishi arafasida 15 respublikada jami 17 milliontaga yaqin (16,9 millionta) yengil avtomashina foydalanuvda bo‘lgan.

Umumiy hisoblaganda, eng ko‘p mashina Rossiya (RSFSR)ga to‘g‘ri keladi — 8,9 millionta avtomobil (52,7 foiz).

Ikkinchi o‘rinda: Ukraina — 3 millionta avtomobil (17,7 foiz).

Uchinchi o‘rinda: O‘zbekiston — 830 mingta yengil mashina (4,9 foiz).

Xullas, yuqoridagi (va pastdagi) tartib respublikalar aholisi soni bo‘yicha ketma-ketligiga qariyb mosdek. Ammo...

Har 1000 kishiga mashinalar taqsimotida butunlay boshqacha manzara:

  1. Estoniya — 138
  2. Litva — 122
  3. Gruziya — 96
  4. Armaniston — 91
  5. Latviya — 89
  6. Rossiya — 60
  7. Turkmaniston — 60
  8. Ukraina — 58
  9. Belarus — 50
  10. Qozog‘iston — 48
  11. Ozarbayjon — 44
  12. Qirg‘iziston — 43
  13. O‘zbekiston — 40
  14. Tojikiston — 40
  15. Moldova — 40

Ta’bir joiz bo‘lsa, «mashinaning ort g‘ildiragi» bo‘lish O‘zbekiston, Tojikiston va Moldovaning chekiga tushgan... 

Oradan 30 yil o‘tdi...

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvar holatiga, o‘zbekistonliklar ixtiyoridagi avtomobillar jami soni 2 million 580 ming 133 tani tashkil etgan.

Shundan:

  • Yengil mashinalar — 2 410 421
  • Yuk mashinalar — 150 294
  • Avtobuslar — 5 072
  • Mikroavtobuslar — 10 590
  • Maxsus transport — 3 756

Eng ko‘p mashinalar poytaxt Toshkentda — 417 646. Keyingi o‘rinlarda: Samarqand — 311 997, Toshkent viloyati — 253 073 va Farg‘ona — 243 230.

Yuqoridagi ma’lumotlar asosida, xususan, 2020-yil fevralida O‘zbekiston aholisi 34 million nafardan oshgani nazarda tutilsa, ayni paytga kelib mamlakatimizda har 1000 kishiga 141 ta yengil mashina to‘g‘ri keladi. Biroq...

«AiF» 2020-yil boshida, Jahon banki ma’lumotlariga asoslanib, tuzgan infografikada (har ming kishiga to‘g‘ri keladigan yengil mashinalar soni) jahon mamlakatlari orasida O‘zbekiston 138-o‘rinda turibdi (har ming kishiga 37 ta yengil mashina)...

Infografika «AiF»
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring