Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy aviakompaniya monopoliyasi tugatilmoqda

Milliy aviakompaniya monopoliyasi tugatilmoqda

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi bazasida «Uzbekistan Airways» va «Uzbekistan Airports» aksiyadorlik jamiyati tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida qayd etilgan.

Hujjatga ko‘ra, milliy aviakompaniya qoshida «Uzbekistan Airways» va «Uzbekistan Airports» (aeroportni nazorat qilish bo‘yicha) aksiyadorlik jamiyatlari tuzilishi belgilab qo‘yilgan, ularning asosiy vazifalari belgilab berilgan.

«Xalq so‘zi» nashrining kompaniya matbuot xizmatiga asoslanib xabar berishicha, hujjat bilan aviakompaniya tizimidagi davlat unitar korxonalari mas’uliyati cheklangan jamiyat shakliga o‘tkaziladi. Jumladan samolyotlarga texnik yordam ko‘rsatuvchi «Uzbekistan Airways Technics» ham MChJ shaklida qayta tashkil qilinadi.

«O‘zaeronavigatsiya markazi» esa Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga o‘tkaziladi. «Maxsus aviatsion ishlar bo‘yicha aviakompaniya» bazasida «Uzbekistan Helicopters» MChJ tashkil qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring