Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Moskva Siti»ga yana dronlar hujum qildi

«Moskva Siti»ga yana dronlar hujum qildi

Bugun, 1 avgust kuniga o‘tar kechasi «Moskva Siti» biznes markaziga yana dron hujum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha dron havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan. Ulardan biri biznes markazdagi binoning 21-qavatiga qulagan bo‘lib, u yerda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligi joylashgan.

Vnukovo xalqaro aeroportida reyslarni qabul qilish va jo‘natish uchun bir muddat yopib qo‘yilib, samolyotlar boshqa aeroportlarga yo‘naltirilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, «Moskva Siti» hududida bir nechta uchuvchisiz samolyotlar zararsizlantirilgan. Boshqaruvni yo‘qotgan dronlardan biri binoga kelib urilgan.

Shuningdek, Moskva viloyatining Odinsovo va Naro Fominsk tumanlari hududida havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yana ikkita dron yo‘q qilingan. Ukraina rasmiylari hozircha hodisaga munosabat bildirmadi.

Eslatib o‘tamiz, 30 iyul kuni ham «Moskva Siti» biznes markaziga dronlar hujum qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring