Mubashshir Ahmad ustidan sud ishi boshlandi

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudida Alisher Tursunov (Mubashshir Ahmad, 1974-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan)ga oid jinoyat ishini birinchi instansiyada ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.
Oliy sud matbuot kotibi bergan ma’lumotga ko‘ra, «ish» jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudining sudyasi B.Raximov raisligida ko‘rib chiqiladi.
Tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra, Mubashshir Ahmad Jinoyat kodeksining 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish) 2-qismi, 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi «g» bandi va 244-3-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish)da tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter