Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Murod Xonto‘rayevni niqobli shaxslar ayovsiz kaltaklagani va pichoqlagani ma’lum qilindi

Murod Xonto‘rayevni niqobli shaxslar ayovsiz kaltaklagani va pichoqlagani ma’lum qilindi

Foto: «repost.uz»

Kecha, 26-noyabr kuni Toshkent shahridagi «Toshkent savdo markazi» (sobiq Turkuaz) hududida yakkakurash sport turining aralash turi bo‘yicha jahon chempioni Murod Xonto‘rayev pichoqlab ketilgani xabar berilgandi.

«Kun.uz» o‘z manbasiga tayanib, ushbu hodisa bo‘yicha ba’zi tafsilotlarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2018-yilning 26-noyabr kuni Murod Xonto‘rayev taxminan soat 14:30larda «Toshkent savdo markazi»da joylashgan ofisida o‘zining tanishlari — 1984-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan A.R. va 1988-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan I.S.lar bilan o‘tirgan vaqtida 6-8 nafar noma’lum shaxs qora rangli maxsus kiyimda yuzlariga niqob taqqan holda kirib kelib, ularga yerga yotish haqida buyruq berishgan. Shundan so‘ng, noma’lum shaxslar o‘zlari bilan olib kelgan o‘tkir tig‘li jismlar, temir bo‘laklari, rezina tayoqlar va pnevmatik o‘q otar qurollardan foydalanib Murod Xonto‘rayev va I.S.ni urib tan jarohati yetkazishgan.

Ushbu hodisadan so‘ng, Murod Xonto‘rayev Ibn-Sino nomidagi 1-son shahar klinik shifoxonasiga murojaat etgan. Unga bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, bosh o‘ng tepa sohasi ezilib yorilgan jarohati, o‘ng son, dumba sohasi ko‘plab sanchilib kesilgan jarohatlari (9ta), ikkala ko‘krak usti sohasi sidirilgan jarohati, chap tirsak sohasi kesilgan jarohati tashxisi qo‘yilgan.

Ayni vaqtda bu holat bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jinoyat ishi ochilgan, tergov ustidan prokuratura nazorati o‘rnatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring