Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jaziramada hatto ayrimlar hushidan ketmoqda: OTMga hujjat topshirishda katta navbat yuzaga keldi (video)

Jaziramada hatto ayrimlar hushidan ketmoqda: OTMga hujjat topshirishda katta navbat yuzaga keldi (video)

Skrinshot: «Zamon»

Ma’lumki  Samarqand davlat universiteti abituriyentlar hujjatlarini Davlat xizmatlari markazi orqali qabul qiladigan OTMlardan biri sanaladi.

«Zamon» informatsion dasturida xabar berilishicha, hozirda mazkur universitetga hujjat topshirishda uzundan uzun navbatlar hosil bo‘lgan. Ayrimlar hatto avvalgi kunlarda ham kelib ham hujjat topshira olmaganini aytmoqda. Uzoq muddat navbatda turish va jazirama issiq tufayli ayrimlar hushidan ketgan va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Navbatlarining uzayishi DTM serverida nosozliklar va boshqa sabablar bilan izohlanmoqda. 

Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodovning aytishicha, kompyuterlar va ishchilar soni ko‘paytirilgan, qo‘shimcha joylar tashkil qilinmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring