Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Niderlandiyada haydovchi avtobusni musiqa festivali muxlislari ustiga haydadi

Niderlandiyada haydovchi avtobusni musiqa festivali muxlislari ustiga haydadi

Foto:«AFP»

Bugun, 18-iyun kuni Niderlandiya janubida bo‘lib o‘tayotgan musiqa festivali vaqtida avtobus haydovchisi ulovni to‘ppa-to‘g‘ri muxlislar ustiga haydagan. Natijada bir kishi halok bo‘lgan, uch kishi jarohat olgan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Mazkur hodisa «Pink Pop» musiqa festivali o‘tadigan joy yaqinida sodir bo‘lgan. Politsiyaning ma’lum qilishicha, avtobus haydovchisi voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan.  Hozir u qidirilmoqda, hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring