Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess turniri g‘olibi bo‘ldi

Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess turniri g‘olibi bo‘ldi

O‘zbek shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov nufuzli Tata Steel Chess turniri chempioni bo‘ldi.

Hamyurtimiz 13 imkoniyatdan 9 ochko jamg‘ardi va turnirda yakka hokimlik bilan chempion bo‘ldi. Shuningdek, ushbu turnirdagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so‘ng onlayn reytingda dunyoning TOP-5 kuchli shaxmatchisi safiga qaytdi.

Eslatib o‘tamiz, Nodirbek Abdusattorov oldingi yillarda ham chempionlikka yaqin kelgandi – 2023-yilda 2-o‘rin, 2024-yilda 3-o‘rin, 2025-yilda 3-o‘rin. U to‘rtinchi urinishda o‘z maqsadiga erishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring