Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishni sog‘inganini aytdi

Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishni sog‘inganini aytdi

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev. 15 mart, 2018 yil

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bugun, 15-mart kuni Oqo‘rda qarorgohida uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qozog‘iston Prezidenti davlatimiz rahbarini tashrifi bilan qutlab, Prezidentimiz bilan uchrashishni sog‘inganini ta’kidladi.

— Siz O‘zbekistonda juda katta ishlarni amalga oshiryapsiz va bu butun mintaqamizga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Kecha Tojikiston, bugun Qirg‘iziston Prezidentlari bilan gaplashdim. Ular ham sizning siyosiy irodangiz va sa’y-harakatlaringiz xalqlarimizni xursand qilayotganini aytishdi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining bugungi maslahat uchrashuvi ham sizning tashabbusingiz bilan tashkil etildi. Bu hali boshlanishi. Afg‘oniston masalasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan konferensiya ham juda muhim, — dedi Nursulton Nazarboyev.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani va Qozog‘istonga taklif etgani uchun Nursulton Nazarboyevga minnatdorlik bildirdi.

— Keyingi bir yarim yil ichida ikki do‘st, qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi tizimga tushdi. 2017-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash 2 milliard dollarga yetdi. Iqtisodiyotimiz, madaniy-gumanitar aloqalarimiz yanada mustahkamlandi. Eng katta natija — odamlarning kayfiyati, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Uchrashuvda oliy darajadagi muntazam muloqotlar natijasida davlatlararo munosabatlar jadal rivojlanayotgani, avval erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring