Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ochiqlik indeksi»da qaysi idora nechanchi o‘rinda? (to‘liq jadval)

«Ochiqlik indeksi»da qaysi idora nechanchi o‘rinda? (to‘liq jadval)

Foto: «Ochiqlik indeksi»

Avvalroq davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining «Ochiqlik indeksi» bo‘yicha reytingi e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.

Reyting natijalariga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi 95 ball bilan birinchi o‘rinni, Markaziy bank — 94 ball bilan ikkinchi o‘rinni, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi 93 ball bilan uchinchi o‘rinni (vazirliklar o‘rtasida esa 1-o‘rinni), Xalq ta’limi vazirligi esa to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

Qo‘mitalar bo‘yicha o‘tkazilgan reytingda, yuqorida ta’kidlanganidek, Davlat soliq qo‘mitasi 95 ball bilan birinchi o‘rinda bo‘lsa, 33 ball bilan Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi so‘nggi o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Agentliklar o‘rtasidagi ochiqlik bo‘yicha birinchilikni Intellektual mulk agentligi 87 ball bilan egallagan bo‘lsa, Matbuot va axborot agentligi 75 ball bilan oxirgi o‘rinda qayd etilgan.

«Ochiqlik indeksi»ning hokimiyatlar o‘rtasidagi reytingida Toshkent shahar hokimligi 89 ball bilan birinchi o‘rinda bo‘lsa, 53 ball bilan Andijon viloyat hokimligi oxirgi o‘rinni egallagan.

Shuningdek, markazlar faoliyatidagi ochiqlik bo‘yicha reytingda Markaziy banki birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi 71 ball bilan so‘nggi o‘rinda qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrni o‘zida ifodalagan «Ochiqlik indeksi» reytingi 52 ta davlat hokimiyati va boshqaruvi organini qamrab oldi.

Endilikda har yili ikki marotaba Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish bo‘yicha jamoatchilik kengashi ekspertlari tomonidan davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi monitoring qilinib, baholash natijalari e’lon qilib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring