Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Odamsimon robot sinovdan o‘tkazildi (video)

Odamsimon robot sinovdan o‘tkazildi (video)

«Method-2» nomli vazni 1,6 tonnani, balandligi esa qariyb to‘rt metrni tashkil qiladigan robot.

Foto: «Tecnologia.libero.it»

Janubiy Koreyaning «Hankook Mirae Technology» kompaniyasi 2016-yilda «Method-2» nomli vazni 1,6 tonnani, balandligi esa qariyb to‘rt metrni tashkil qiladigan robotni taqdim etgan. Robot yaratuvchisi Yan Chin Xoning hisoblashicha, undan kelajakda halokat va yong‘inlarda qutqaruvchi sifatida foydalanish mumkin. Biroq uni harbiy operatsiyalarda ham qo‘llasa bo‘ladi. Uning narxi 100 million dollarga baholanmoqda, biroq u hozircha sotilmaydi, deb xabar berdi «TJournal».

Robot dizaynini «Transformerlar 4» va «Yarog‘-aslahali arvoh» filmaridagi modellarga mualliflik qilgan rassom Vitaliy Bulgarov yaratgan.

3 mart kuni «CNBC» telekanalining jurnalisti Endryu Ross Sorkin robotni sinab ko‘rdi. Uning aytishicha, robot mustahkam tura olmaydi va maxsus arqonlar bilan shiftga mahkamlangan. Ayni paytda mashina tashqi quvvat manbai yordamida harakatga keladi, kelajakda esa quvvat manbai batareyalar bilan almashtiriladi.

Robotga chiqish uchun maxsus narvon bo‘ylab ko‘tarilish kerak, uning oyoqlarini muhandis boshqaradi. Robotni boshqaruvchi esa faqat uning qo‘llarini nazorat qilishi mumkin. «CNBC» tomonidan taqdim etilgan videoda robot oldinga va orqaga bir nechta qadam tashlay olaganini ko‘rish mumkin.

Jurnalistning fikricha, robotdan amaliy jihatdan foydalanib bo‘lmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, robotlar uchun odamlar tomonidan kamroq boshqariladigan mashina kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring