Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ohangaronda YTH sabab yirik yong‘in bo‘lgani aytilmoqda (foto)

Ohangaronda YTH sabab yirik yong‘in bo‘lgani aytilmoqda (foto)

Foto:FVV matbuot xizmati

28-iyun kuni Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Ohangaron shahridagi ko‘p qavatli uyning 1-qavatidagi do‘konda yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Natijada 190 m.kv. maydoni, ya’ni, do‘konning shifti va ichki jihozlari, oziq-ovqat mahsulotlariga zarar yetgan.

Qutqaruvchilarning harakatlari natijasida 90 m.kv. saqlab qolindi.

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaning kelib chiqishiga «Damas» hamda «Zil»-130 avtomobillarining to‘qnashuvi sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Kelib chiqqan yong‘inda halok bo‘lgan va jabrlangan fuqarolar bo‘yicha ma’lumot kelib tushmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring