Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘quvchi «So‘nggi qo‘ng‘iroq»da jahl ustida direktorga suv sepdi

O‘quvchi «So‘nggi qo‘ng‘iroq»da jahl ustida direktorga suv sepdi

Skrinshot.

Buxoroda maktab o‘quvchisi bayram vaqtida direktor yuziga suv sepib yuborgani videosi tarqaldi. 

Viloyat XTBning aniqlik kiritishicha, voqea joriy yilning 25-may kuni Buxoro shahridagi 19-umumta’lim maktabida, «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirida sodir bo‘lgan. 

Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mas’ullari tomonidan dastlabgi o‘rganish ishlari olib borilgan.

O‘rganishlar jarayonida maktabning 11-sinfida tahsil olayotgan o‘quvchi shu kuni o‘tkazilgan tadbir davomida unga faxriy yorliq berilmaganligidan norozi bo‘lib, jahl ustida maktab direktorining ustiga suv sepib yuborganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha o‘quvchining ota-onasi bilan farzandi hatti-harakatlari yuzasidan IIB tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beradi va tegishli qonuniy choralarni ko‘radi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring