Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osiyo kubogi U23. Final. O‘zbekiston Saudiya Arabistoniga yengildi

Osiyo kubogi U23. Final. O‘zbekiston Saudiya Arabistoniga yengildi

Osiyo kubogi U23 finalida — «Bunyodkor» stadionida 32 mingdan ortiq tomoshabin qarshisidagi hal qiluvchi to‘qnashuvda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni ro‘para keldi. Temur Kapadze shogirdlari Saudiya Arabistoniga mag‘lub bo‘lishdi — 0:2.

Saudiya Arabistoni turnirni bitta ham gol o‘tkazmay yakunladi.

Uchrashuvning 49-daqiqasida Al-Gamdi ajoyib gol urdi (0:1). 70-daqiqada Ruslan Jiyanov hisobni tenglashtirdi, biroq gol hisobga olinmadi – o‘yindan tashqari holat.

Al-Buraykan 74-daqiqada kiritgan gol o‘yin taqdirini uzil-kesil hal qildi — 0:2.

Saudiya Arabistoni turnir g‘olibi, O‘zbekiston — ikkinchi, Yaponiya — uchinchi bo‘ldi.

Osiyo kubogi U23. Final.

19-iyun (yakshanba)

O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni – 0:2

Gollar: Hamid Al-Gamdi, 49, Firas Al-Buraykan, 74.

O‘zbekiston: 12. Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov (15. Odil Abdumajidov, 57), 3. Dostonbek Tursunov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Hojimat Erkinov (Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 83), 9. Ulug‘bek Hoshimov (Ruslanbek Jiyanov, 57), 10. Jasur Jaloliddinov, 17. Diyor Xolmatov (14. Abbosbek Fayzullayev, 83), 18. Alibek Davronov, 19. Husayn Norchayev, 23. Abdurauf Bo‘riyev.

Saudiya Arabistoni: 1. Navaf Al-Aqidi, 5. Hassan Tambakti, 6. Ibrohim Maxnashi, 7. Ayman Yahyo, 8 Hamid Al-Gamdi, 9. Firas Al-Buraykan, 11. Ahmad Al-Gamdi, 12. Muteb Al-Xarbi, 13. Hamad Al-Yami, 15. Husayn Al-Eysa (10. Turki Al-Ammar, 60), 23. Saud Abdulhamid.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring