Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek o‘quvchilari savodxonligi xalqaro dastur asosida tekshiriladi

O‘zbek o‘quvchilari savodxonligi xalqaro dastur asosida tekshiriladi

O‘zbekiston PISA 2021 - o‘quvchilarning savodxonligini baholash xalqaro dasturida ishtirok etish to‘g‘risida Xalqaro iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotlari (IHTT) bilan kelishuvga erishdi.

PISA dasturiga ko‘ra, 2021 yilda o‘quvchilarning savodxonligini aniqlash maqsadida yurtimiz maktablarining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ona tili va matematika fanlaridan maxsus sinovlar o‘tkaziladi. Sinov natijalariga ko‘ra xalqaro o‘quvchilar savodxonligi reytingida mamlakatimiz yoshlarining o‘rni belgilanadi.

Ayni kunlarda 2021-yilda tashkil etilishi kutilayotgan o‘quvchilarning savodxonligini baholash jarayoniga tayyorgarlik ishlari boshlandi. Rejalashtirilayotgan mazkur keng ko‘lamli tadbirda manfaatdor tashkilotlar sifatida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi, Avloniy nomidagi rahbar va mutaxassis xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti ishtirok etmoqda.

Dasturni amalga oshirish bo‘yicha tayyorgarlikni baholash maqsadida o‘tgan hafta Avstraliya ta’lim tadqiqotlari kengashi katta ilmiy xodimi Ursula Shvanter xonim Toshkent shahriga keldi. Tashrif davomida Toshkent davlat pedagogika universitetida bo‘lgan ACER vakilasi Dastur bo‘yicha mamlakat reytingini yaratish hamda har uch yilda o‘tkaziluvchi maxsus testlar asosida o‘smirlarning bilim darajasini belgilash jarayoni bo‘yicha universitet rahbariyati bilan fikr almashdi.

Ma’lumot uchun, Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘quvchilarning savodxonligini baholash dasturining faoliyatini yurtimizda yo‘lga qo‘yish jarayonida tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida ishtirok etadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring