Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston internet tezligi reytingida 11 pog‘onaga yuqoriladi

O‘zbekiston internet tezligi reytingida 11 pog‘onaga yuqoriladi

Foto: skrinshot

Irlandiyaning Ookla kompaniyasi 2019-yil noyabr oyi natijalariga ko‘ra Speedtest Global Index oylik reytingi natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston simli internet tezligi rektingida keskin yuqorilab, 11 pog‘onaga ko‘tarildi va dunyoning 180 mamlakati o‘rtasida 108-o‘rinni band etdi. Bu yil davomidagi eng katta o‘sishdir.

So‘nggi bir yil ichida O‘zbekistonda simli internet tezligi 2018-yil noyabridagi 9,98 Mbit/s.dan 2019-yil noyabr oyida 21,47 Mbit/s.gacha (yuklab olish), ya’ni ikki baravarga oshgan.

Mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston oktyabr oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan bir oz yaxshilanib, bitta pog‘onaga ko‘tarilgan va 135-o‘rinni band etgan.

Speedtest  ulanish tezligini tekshirish uchun xizmatdan foydalanuvchilar tomonidan qayd qilingan ma’lumotlar asosida internet tezligini hisoblaydi va reyting tuzadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring